“Kitobxon ona – kitobxon bola”

“Kitobxon ona – kitobxon bola”
Fargʻona tumani axborot-kutubxona markazida “Kitobxon ona – kitobxon bola” loyihasi doirasida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir Novkent mahalla fuqarolar yig'ini Navqiron kochasi 64 uyda yashovchi Yunusaliyevlar xonadoniga bo'ldilar. Tadbirda oila vakillari onalar va farzandlar ishtirok etib, kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni, oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish hamda yosh avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash masalalari haqida fikr almashildi.
Davra suhbatida kitobning inson tafakkuri va dunyoqarashini boyitishdagi ahamiyati alohida ta’kidlanib, ishtirokchilar o‘zlarining sevimli asarlari haqida ham so‘z yuritdilar.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, oilalarda mutolaa madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Fotogalereya
Oʻxshash yozuvlar

“Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
#Inson_huquqlari_davlat_himoyasida
Barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish
Batafsil oʻqish
IJOD VA DRAMATURGIYA OLAMIDA ODIL YOQUBOV
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, taniqli adib va dramaturg Odil Yoqubovning 100 yillik tavalludigai bag‘ishlangan “Ijod va dramaturgiya olamida Odil Yoqubov” mavzusida kitob ko‘rgazmasi va davra suhbati tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
"Davlat tili - birlik va sadoqat ramzi"
Til – millatning ruhi, uning o‘zligini va madaniy merosini aks ettiruvchi eng ulug‘ boylikdir.
Batafsil oʻqish
