IJOD VA DRAMATURGIYA OLAMIDA ODIL YOQUBOV

IJOD VA DRAMATURGIYA OLAMIDA ODIL YOQUBOV
Farg‘ona tumani axborot-kutubxona markazida o‘zbek adabiyotining yirik namoyandasi, taniqli adib va dramaturg Odil Yoqubovning 100 yillik tavalludigai bag‘ishlangan “Ijod va dramaturgiya olamida Odil Yoqubov” mavzusida kitob ko‘rgazmasi va davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida yozuvchining hayoti va ijodiy faoliyati, o‘zbek adabiyoti rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi, tarixiy va zamonaviy mavzulardagi asarlarining mazmun-mohiyati haqida fikr almashildi.
Ishtirokchilarga adibning “Ulug‘bek xazinasi”, “Diyonat”, “Oqqushlar, oppoq qushlar” kabi mashhur asarlari haqida ma’lumotlar berildi. Kitob ko‘rgazmasida yozuvchining asarlari va uning ijodiy merosini aks ettiruvchi adabiyotlar namoyish etildi.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yosh avlod qalbida milliy adabiyotga mehr uyg‘otish hamda buyuk adiblarimizning boy ijodiy merosini keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Fotogalereya
Oʻxshash yozuvlar

“Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi o‘tkazildi
Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
#Inson_huquqlari_davlat_himoyasida
Barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarda olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirish
Batafsil oʻqish
"Davlat tili - birlik va sadoqat ramzi"
Til – millatning ruhi, uning o‘zligini va madaniy merosini aks ettiruvchi eng ulug‘ boylikdir.
Batafsil oʻqish
Oʻzbek_tilim_iftixorim
21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan tuman Axborot-kutubxona markazida “O‘zbek tilim — iftixorim” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Batafsil oʻqish
