“KITOB - SENI QATTIQ SEVAMIZ” nomli videoroliklar va fotolavhalar tanlovi e'lon qilinadi!
Kitob - inson tafakkurining bebaho gultoji, qalb olamining go'zal naqshi, jamiyat taraqqiyotining mustahkam asosidir.
? Kitoblar - har bir shaxsni yuksak ma'naviyat va ma'rifatga yetaklovchi beminnat xazina, yo'l ko'rsatuvchidir.
? Kitobxon millat - o'z dunyoqarashi va tafakkuriga ega, salohiyatli va qudratli xalqdir.
? Shahrisabz davlat pedagogika instituti va homiylar tomonidan “KITOB - SENI QATTIQ SEVAMIZ” nomli videoroliklar va fotolavhalar tanlovi e'lon qilinadi!
✅ Tanlovga kitoblarni, kitobxonlikni, mutolaa madaniyatini faol targ'ib etadigan sifatli, kreativ va ta'sirli videoroliklar (1 soniyadan 1 daqiqagacha) va fotolavhalar (1 tadan 5 tagacha) joriy yilning 25-iyunidan 25-avgustgacha qabul qilinadi. Ijodiy ishlar ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritib boriladi.
? Ijodiy ishlar joriy yilning 25-avgust kuniga qadar @elzodauktamqizi telegram manziliga topshiriladi.
✅ Tanlovda g'oliblar quyidagicha taqdirlanadilar:
? Har bir yo'nalish bo'yicha ijodiy ishi eng yaxshi deb topilgan 10 nafar ( jami 20 nafar) ijodkor 1 000 000 (bir million) soʻm miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
? Yana 20 nafar ishtirokchi "Izlam" toʻplami bilan ragʻbatlantiriladi.
Bu hali hammasi emas!!!
? Shuningdek, 100 nafar rag'batlantiruvchi o'rin sohiblariga taniqli yozuvchi, shoir va jurnalistlar qalamiga mansub kitoblardan 3 nusxadan (o'ziga, tahsil olgan maktabiga va yashaydigan mahalla kutubxonasiga) taqdim etiladi.
? Barcha g'oliblar Mustaqillik bayrami kunlarida so'lim Shahrisabz shahrida tantanali taqdirlanadilar!
Kitob ma'rifati bilan yashash saodati barchamizga nasib etsin!
? (https://t.me/kitobxonlik_madaniyatii)Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
| Telegram (https://t.me/ShDPIuz) | Instagram (https://www.instagram.com/shdpiuz?r=nametag) | Facebook (http://facebook.com/shdpi.uz) |You tube (https://youtube.com/channel/UCYtP8Slqri6x7_sjq9YYdag) | shdpi.uz|
Oʻxshash yozuvlar

FARG‘ONADA ENG KO‘P KITOB O‘QILADIGAN HUDUD QAYSI
Farg‘ona viloyatining eng kitobxon hududi aniqlanmoqda. Viloyatdagi qaysi tuman yoki shahar aholisi mutolaaga eng ko‘p vaqt ajratadi? Qaysi hudud kitobxonlik bo‘yicha yetakchilik qiladi? Bu savolla…
Batafsil oʻqish
Farg'ona tumani-axborot kutubxona markazida ixtisoslashmagan va ortiqcha nasrlar ro'yxati
Batafsil oʻqish“Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi boshlandi
Farg‘ona tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 55-umumta’lim maktabida “Jadidlar izidan” tanlovining tuman bosqichi o‘z ishini boshladi. Tanlovda ishtirokchilar ikki toifada be…
Batafsil oʻqish“Kitobxon davlat xizmatchisi” tanlovi
“Kitobxon davlat xizmatchisi” tanlovi Bugun tanlovning birinchi kuni. ⏰ Soat 15:00 da tanlov bo‘yicha belgilangan 10 ta kitobdan dastlabki 2 ta kitob uchun test sinovlari joylanadi. ℹ️ Eslatma: Tan…
Batafsil oʻqish
